Yuklanmoqda...

Avstraliyaning Goulbern shahrida o‘rgimchak yomg‘iri yog‘di. 

627

 
Avstraliya janubi-sharqidagi Goulbern shahrida o‘rgimchaklar yomg‘iri kuzatildi. Bu haqda Vesti.ru xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, millionlab kichik bo‘g‘imoyoqlilar Goulbern shahri uylari tomi, hovlilari va ko‘chalarini kumush to‘r bilan qoplab, egallab olgan.

Aholi ushbu holatga turlicha munosabat bildirgan – ba’zilar ijtimoiy tarmoqlarda oxirzamon kelgani haqida xabarlar qoldirgan bo‘lsa, boshqalar olimlardan ushbu holat tavsifini so‘rashgan.

Araxnolog Kit Basterfildning so‘zlariga ko‘ra, har yili may va avgust oylarida yangi tug‘ilgan o‘rgimchaklar daraxtlarning imkon qadar yuqori qismiga ko‘tarilib olib, to‘r yozishadi.

"Shamol ularni tutib olib, katta va uzoq masofalarga uchirib ketadi. Odatda bunday ko‘rinishdagi migratsiya katta hududlarni qamrab oladi, biroq bu safar taqdir hazili bilan havo oqimi barcha o‘rgimchaklarni bir nuqtaga – Goulbern shahriga yog‘dirdi”, – dedi olim.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash