Загружается...

Samarqand viloyati 

2072

Samarqand viloyati respublikada birinchi tashkil boʻlgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli-sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash. Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924-1930 yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan.

Maydoni: 16,8 ming kv.km.
Aholi soni: 3 651 700 kishidan ortiq (01.01.2017-yil)
Markazi: Samarqand shahri (39° sh.k. va 67° shq.u.) 
Ma`muriy tuzilishi: 14 ta tuman, 11 ta shahar va 88 ta shaharcha

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив