Yuklanmoqda...

Alyuminiy nima? 

1966

 Alyuminiy — kumushrang-oqish yaltiroq tusli metall, temir moddasiga nisbatan 3 marta yengil. Undan soch tolasidan ingichkaroq sim cho’zish, loyiha qog’ozi qalinligidagi plastinalar tayyorlasa bo’ladi. Alyuminiy Yer yuzida juda keng tarqalganligi balki Sizni hayron qoldirar. Alyuminiy yer qobig’i massasining 8 foizi-ni tashkil etadi. Biroq tabiatda alyuminiy zinhor sof holatda uchramaydi. Boshqa elementlar va moddalar bilan tez kirishib ketadigan bu metall tuproq va tog’ jinslari tarkibiga kiruvchi birikmalarni yuzaga keltiradi. Yoqut, la'l, granat va boshqa ko’pgina nafis nodir toshlar alyuminiy bilan birikma holida mavjud.  Ancha zamonlar alyuminiyni boshqa moddalardan ajratib olish eng qiyin vazifalardan biri edi, bu ish katta xarajatlarni talab qilar edi. 1886-yilda kimyogar olim Charlz Martin Xoll bu metallni katta miqdorda olishning arzon usulini topdi. Alyuminiy va ftorli natriy bilan birikmada bo’lgan kreolit eritmasida biroz miqdorda alyuminiy oksidini eritdi. Keyin bu aralashmani granitdan yasalgan idishga quydi-da uning ichidan doimiy elektr tokini o’tkazdi. Ikki soatdan keyin u idishning tubida mittigina yarqiroq «tugmacha»ni payqadi, bu sof alyuminiy edi. Bu usul hozirga қadar dunyo bo’yicha alyuminiy metalini olish asosida yotadi. Kreolit faqat Grenlandiyada topildi, biroq uni sun'iy yo’l bilan olsa bo’ladi. Alyuminiy ishlab chiqarishning asosiy xomashyosi boksit tarkibiga kiradigan oksiddir. Uning zaxiralari dunyoning ko’pgina mintaqalarida mavjud. Alyuminiy oshxona anjomlarini tayyorlash uchun juda asqotadigan materialdir, chunki u issiqlikni yaxshi o’tkazadi va oson tozalanadi. Ayniqsa u samolyotsozlikda va avtomashinalarning dvigatellarini ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Alyuminiy ishlovga shu qadar moski, undan hatto qalinligi 0,005 — 0,008 mm keladigan polga — zarqog’oz tayyorlash mumkin. Buning uchun sof alyuminiy ishlatiladi. Biroq metall qog’ozlarning pishiq chiqishi uchun asosan alyuminiy qotishmasidan foydalaniladi. Bunday paytda boshqa metallar alyuminiy bilan bi-rikmaga kirishtiriladi. Xonadonlarda ishlatiladigan alyuminiy qog’oz — folga namga va isga chidamli, moy bosib qolmaydi, u hidsiz va ta'msiz, korroziyaga bardoshli, issiqni qaytaradi va yorug’likni o’tkazmaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash