Yuklanmoqda...

Xrom nima? 

1344

Xrom nima?  Xrom-metall. U qattiq, ayni chog’da mo’rt va korroziyaga o’ta chidamli. U kumushrang-oq tusli, sayqal berilgach, yaltirab turadi. Xrom elektr toki va issiqlikni yomon o’tkazadi. Xromni tabiatda metall holida uchratish qiyin. U bir necha ma'danlar tarkibida mavjud bo’lib, ularning ko’pchiligi yorqin rangda tovlanadi, biroq xrom faqat bitta ma'dan tarkibidan olinadi. Bu xromit deb atalgan og’ir qora ma'dandir. Ushbu ma'danning eng yirik zaxiralari Janubiy Afrikada, Rossiyada, Filippinda va Zimbabveda bor. Bizning ko’pchiligimiz uni avtomobil va boshqa metall buyumlarning oppoq yaltiroq qoplamasi tarzida ishlatilganini ko’rganmiz. Aslida esa xromning eng muhim qo’llanadigan joyi — bu, po’lat qotishmadir. Po’lat tarkibiga biroz miqdorda xrom qo’shilsa, u yanada mustahkam, qattiq va korroziyaga yanada chidamli bo’ladi. Xrom — zanglamas po’latning tarkibiy qismi. Zanglamas po’lat esa korroziyaga bardoshlilikni ta'minlash zarur hisoblangan o’rinlarda ishlatiladi. Masalan, zanglamas po’latdan pichoq, vilka, qoshiq, kastryul, oshxona chag’anog’i, ish stoli va asbob-uskunalari, sut idishlari va hattoki jarrohlik asbob-anjomlari tayyorlashda foydalaniladi.  Xrom metall predmetlarga yarqiroq qoplama berilishida ham qo’llaniladi. Bunday qoplama «galvano qoplamalash» deb atalgan jarayonda olinadi. Xromli qoplama dastlab soatlar, zargarlik buyumlari va uy anjomlarini bezash va ularni himoyalash uchun qo’llanilgan. Avtomashinalarni ishlab chiqaruvchilar uning bampe-ri va boshqa ichki qismlariga qoplamalar qilishni taxminan 1925 yildan e'tiboran boshlashgan. Bizning kunlarimizda xromlash eng avvalo avtomobil sanoatida qo’lanilayotir. Mashinaning tez eskiradigan va ishqalanishga uchraydigan qismlari masalan, uning uzatish mexanizmlari va ushlab turuvchi sirtqi qobirg’a tunukalariga aksariyat hollarda xrom yuritiladi. Avtomobilning xrom bilan qoplangan harakatdagi qismlari moy surtilmasdan ham ishlatilaveradi. Xromli tuz terilarni oshlash va matolarni bo’yashda ishlatiladi. Xromning ko’pgina yarqiroq bo’yoqdor qismlaridan bo’yoq tayyorlashda foydalaniladi. Shunday qilib, ko’rib turibsizki, xrom — inson uchun bag’oyat foydali metallardan biri ekan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash