Yuklanmoqda...

Geologlar kuchli zilzilani bashorat qilmoqda 

631

Germaniyaning Potsdam shahridagi Yerni o’rganish markazi geologlari kelgusi 10-20 yil orasida Yangi Zelandiyada halokatli zilzila yuz beradi, degan xulosaga keldi. O’rganish natijalari Nature jurnalida chop etilgan.

Yangi Zelandiyaga daxldor bo’lgan Alp darzligidagi yuqori harorat va bosim sababli olimlar falokatni oldindan karomat qilmoqda. Mutaxassislarning bahosiga ko’ra MMS shkalasi bo’yicha 8 balli zilzila sodir bo’ladi. So’nggi ming yil ichida Yangi Zelandiyada 200-300 yil oraliqda to’rtta yirik zilzila sodir bo’lgan. Eng oxirgi tabiat hodisasi 1717 yilda yuz bergan.

Geologlar Vataroa shahri yaqinidagi 900 metrli shaxtaning haroratini ikki yil davomida o’lchab tekshirgan. Olingan ma’lumotlar darzlikning ostidagi suv va jinslar qariyb qaynayotganligini bildirdi, bu tektonik kuchlanishdan darak beradi.

Olimlar Alp darzligi haroratlar farqi bo’yicha juda o’ziga xosligini ta’kidlaydi. Undagi haroratlar tafovuti Selsiy shkalasi bo’yicha 125 gradusga tengdir. Bunday haroratlar farqi vulqonlarda bo’ladi xolos.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash